«shifokorlarning kaltaklanishi» tegli maqolalar


Qashqadaryoda erkak farzandining o‘limi xabarini yetkazgan shifokorni kaltakladi
20 aprel 2024, 14:52

Qashqadaryoda erkak farzandining o‘limi xabarini yetkazgan shifokorni kaltakladi

Qashqadaryoda fuqaro shifoxonadagi 2 yoshli farzandi vafot etganini aytgan jarrohni urdi. “Otasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim, qolganini to‘liq eslolmayman”, — deydi shifokor. Bolaning onasi eri bu ishni asabiy holatda qilganini aytib, shifokordan “to‘g‘ri tushunish”ni so‘radi.

Bir yilda tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashgan 87 nafar shaxs jazolandi
20 aprel 2024, 13:07

Bir yilda tibbiyot xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashgan 87 nafar shaxs jazolandi

Bir yil ichida sudlar tomonidan tibbiyot xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan yoki ularga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatgan 87 nafar shaxsga nisbatan jarima yoki qamoqqa olish jazosi tayinlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun qamoqqa olish mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

Samarqandda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani kaltaklagani aytilmoqda
12 fevral 2023, 13:37

Samarqandda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani kaltaklagani aytilmoqda

Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
13 dekabr 2022, 15:25

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda

Qonunchilik palatasida tibbiyot xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolar va mansabdor shaxslarni jarimaga tortish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar loyihani ikkinchi o‘qishda bir ovozdan qabul qilindi.

Namanganda shifokorni kaltaklagan aka-ukaga hukm o‘qildi
27 oktabr 2021, 21:15

Namanganda shifokorni kaltaklagan aka-ukaga hukm o‘qildi

Sud noto‘g‘ri tashxis qo‘yishda ayblab, poliklinika shifokorini kaltaklagan namanganlik fuqaroga 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning akasi ham tibbiyot xodimiga kuch ishlatganlikda aybli deb topildi va u 144 soat majburiy jamoat ishlari bilan jazolandi.

Andijonda mast holda «Tez yordam» shifokorini do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi
19 oktabr 2021, 17:19

Andijonda mast holda «Tez yordam» shifokorini do‘pposlagan shaxs qamoqqa olindi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida bemorning o‘g‘li mast holatda «tez yordam» shifokorini do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Zo‘ravon besh yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi
28 avgust 2021, 11:45

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada tug‘ruqxona shifokorini kaltaklagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zgatilib, u protsessual tartibda ushlandi. U avvalroq, surunkali ravishda intizomni buzgani uchun ichki ishlar organlaridan haydalgani aytilmoqda.

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi
27 avgust 2021, 20:04

Farg‘onada erkak kishi shifokor ayolning sochidan tortib, kuch ishlatdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida erkak tug‘uruqxona hamshirasining sochidan tortib, kuch ishlatdi. Mazkur holatga erkakning nevarasining o‘limi sabab bo‘lgani aniqlandi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi
5 avgust 2021, 16:10

Namanganda shifokorni do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi

Namangandagi oilaviy poliklinkada shifokorni do‘pposlagan aka-ukalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shifokorga tibbiy tekshiruv davomida bir necha jarohatlar tashxisi qo‘yilgan.

Toshkentda mast bemor shifokor ayolni kaltakladi
25 mart 2021, 22:03 1

Toshkentda mast bemor shifokor ayolni kaltakladi

Chorshanba kuni Toshkentda shifokor-toksikolog tibbiy ko‘rikka kelgan, mast fuqaro tomonidan kaltaklandi. Shifokorning ahvoli og‘irligi va kuchli karaxtlik holatiga tushib qolgani aytilmoqda. Unga «qo‘shma kraniofatsial jarohat, og‘ir darajadagi bosh miya yopiq jarohati, nazogemorreya» tashxisi qo‘yilgan. Shifokorni kaltaklagan shaxs hibsga olingan.

Toshkentda shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 fevral 2021, 13:35

Toshkentda shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yashnobod tumanidagi shifoxonada vafot etgan bemorning o‘limidan so‘ng, shifokorlarning do‘pposlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Zominda bemorning qarindoshlari tez yordam feldsherini kaltakladi
25 avgust 2020, 18:41

Zominda bemorning qarindoshlari tez yordam feldsherini kaltakladi

Jizzax viloyatida vafot etgan bemorning qarindoshlari chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan tez yordam feldsherini kaltaklab, unga tan jarohati yetkazdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting